Bog‘bot mahallasi Bot-bot qishlog‘ida ishlar boshlandi

2022-yil dasturiga muvofiq Bulung‘ur tumani Bog‘bon mahallasi Bot-Bot qishlog‘i hamda Chorbog‘ mahallasi Chorbog‘ qishloqlari obod qilishini ko‘zda tutilgan.

 

Bugun erta tongdan tuman hokimi Samandar Astonov, 3-sektor rahbari Abduvali Otamurodov, soha mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla oqsoqollari Bot-bot qishlog‘ida jam bo‘lishdi. Qur’on hatm qilinib, bir jonliq qurbonlik qilindi. Nuroniylar boshlanajak ishlar xayrli bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.

Shundan so‘ng, qishloqda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, zaruriy vazifalar kelishib olindi. Bog‘bon mahallasi Bot-Bot qishlog‘ida bugungi kunda 285 ta xonadonda 1 397 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Dastur doirasida 10 mlrd. 45 mln.so‘m, jumladan respublika budjetidan 5 mlrd 847 mln.so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Qishloqning bosh loyohasi ishlab chiqiladi va suv, yo‘l, elektr, gaz ta’minoti yaxshilanadi. 1 ta maktab joriy ta’mirlanadi, piyodadlar yo‘lakchasi qilinib, yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, optik tolali aloqa o‘rnatilib, tadbirkorlik faoliyati kengaytiriladi. Qishloqda ishlar bugundan boshlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM