Faol yoshlarga 50 mln. so‘mlik sovg‘alar topshirildi

Bulung‘ur tumani Oqtepa mahallasida yoshlar uchun turkum na’munaviy tadbirlar tashkil etiganidan xabaringiz bor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92 sonli qarori asosida tashkil etilgan tadbirlar o‘z yakuniga yetdi.

 

Loyiha doirasida:

-Sportning futbol turidan “Hokim kubogi”;

-Mahalladagi xotin-qizlar o‘rtasida Sportning basketbo‘l turidan “Prokuror kubogi”;

-“Zakovat” intelektual o‘yini bo‘yicha “DXX kubogi”;

-“Yosh kitoxon oila” tanlovi bo‘yicha “DSI kubogi”;

-Sportning stol tennisi turi bo‘yicha “IIB boshlig‘i kubogi” uchun sport musobaqalari va tanlovlar tashkil qilindi.

 

Shuningdek ushbu tadbirlar doirasida mahalla yoshlari uchun 2 dona stol tennisi sovg‘a qilindi, 8 nafar yoshlar oromgohga yuborildi kelgusida 70 nafar nuroniylarning Xorazim viloyatiga sayohati re’jalashtirigan.

 

Mazkur tadbirlar uchun agentlik tomonidan 50 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, loyihalarda faol ishtirok etgan yoshlar, tashkilotchilar, faxrli 1-, 2-, 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar va yosh oilalar sektor rahbarlari tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar va albatta kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM