Tuman hokimi: yer boylik, undan samarali foydalanishimiz shart

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada qishloq xo‘jaligiga aloqador mas’ullar, agrofirma raislari, fermer xo‘jaligi raislari ishtirok etishdi.

 

Kun tartibida tumanning Fozil Yo‘ldosh agrofirmasi misolida yerdan samarali va rejali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish ma’lumoti tahlil qilindi. Qayd etish lozimki, sohada yillar davomida yechimini kutayotgan qator muammolar bor. Xususan, fermer xo‘jaliklari va ijarachilar o‘rtasida ichki shartnomalar tuzilmagan, yerdan foydalanish bo‘yicha re’jalashtirilgan re’ja va haqiqatda ekilgan mahsulotlar maydoni bir-biriga nomutanosib. Ayrim hududlarda ichki ariqlar qazilmagan, g‘alla parvarishi ortda qolmoqda...

 

Tuman hokimi bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan yoki o‘z vaqtida munosabat bildirmagan soha mas’ullariga nisbatan ham qonunchilikka muvofiq ta’sirchan choralar qo‘llanilishi lozimligini, surunkali ravishda yerdan samarasiz foydalanib kelayotgan fermer xo‘jaliklarini tugatib, auksionga chiqarish chorasini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

  • Maqsad bitta: yer boylik, undan samarali foydalanishimiz shart. Yerning umirini behuda o‘tkazishga hech kimnning haqqi yo‘q, deya ta’kidladi tuman hokimi.

 

Shuningdek, kun tartibida g‘alla parvarishi, soliq qarzdorligi, PQ-20-sonli Qaror ijrosi, parrandachilik bo‘yicha “Loyiha ofisi” faoliyati kabi masalalar ko‘rilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM