Kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi

Bulung‘ur tumani hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim va guruh rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Muhokama davomida barcha turdagi murojaatlar ijrosi, budjetga tushumlar axvoli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli va Vazirlar Mahkamasining 709-sonli qarorlari ijrosi, shuningdek PQ-52-son, PQ-54-son qarorlari doirasida “2022-yil xosili uchun yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga kredit ajratish ahvoli, joriy yilda pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomalarni tuzish va pilla yetishtiruvchilarga bo‘nak mablag‘larini to‘lab berish ahvoli, “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Yoshlar mehnat guzari”da olib borilayotgan ishlar ahvoli, tumanda 2022-yil safarbarlik chaqiruvi rezervi pul badallarini tushurilish ahvoli, madaniyat ob’ektlarida yaratilgan shart-sharoitlar, mahalla raisining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimida ishlab kelgan “Mahalla xotin-qizlar faoli” lavozimiga qabul qilinmagan hotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi. O‘z vazifasiga vijdonan yondashmayotgan, murojaatlarga e’tiborsizlik qilayotgan ayrim tashkilot rahbarlaridan tushuntirish xati olinadigan bo‘ldi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM