Hafta davomidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumanidagi 4 ta sektorlar shtabida ham navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sektor rahbarlari boshchiligida o‘tgan muhokamalarda sektor ishchi guruhi a’zolari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa mas’ullari ishtirok etishdi.

Xususan, tumandagi Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishi kun tartibida viloyat ishchi guruhi tomonidan Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va hududiy bo‘limlarida ijro intizomi va hujjatlar bilan ishlash holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 6 oy davomida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi Bulung‘ur tumanida 3,5 foizga kamaygan. Shuningdek tumanda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qaror talablari asosida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, 69 ta guruhlarda 20 nafardan kam bolalar kiritilganligi anilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-yanvardagi PQ-4581-sonli qarori ijrosi o‘rganilganda Bulung‘ur tumanidagi “Pusad” nomli NMTT tomonidan 1 foizli kredit olingan bo‘lsada, DXSh asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.

Yig‘ilishda, shuningdek, tumanda jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni olib borish holati, umumta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, kam ta’minlangan va ijtimoiy daftardagi oilalarning farzandlarini tegishli jamg‘armalar hisobidan maktab formasi bilan ta’minlanganlik holati hamda 2022-2023 yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktab yarmarkalarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori ijrosi, quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish, Mingchinor mahalasidagi “Obod mahalla” maskanida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, “Obod qishloq” dasturi doirasida Chorbog‘ va Bog‘bon mahallalarida amalga oshiralyotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlari ahvoli, “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tahlil qilindi. Bundan tashqari mahallalardagi obodonlashtirish ishlari hamda ijro intizomi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rilib, mas’ullarga muddatlari ko‘rsatilgan holda aniq vazifalar belgilab berildi. O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar qattiq ogohlantirildi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM