To‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish va parvarishlash yuzasidan seminar o‘tkazildi

Yaqinda tumanimizda avgust-sentyabr oylarida ekiladigan piyoz va sarimsoq piyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish va parvarishlash, tomorqadan samarali foydalanish, ilg‘or tomorqachilar tajribalarini aholi orasida ommalashtirish yuzasidan Gulzor mahallasida ko‘rgazmali amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlari va mutaxassislar, tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi, sektordagi hokim yordamchilari, MFY raislari, OAV vakillari, tumanda faoliyat yuritayotgan “Tomorqa xizmati” MChJ rahbarlari hamda usta dehqonlar va tomorqa yer egalari qatnashishdi.

1-sektor hududida tashkil etilgan ushbu seminarda aholini erta bahorda vitaminlarga boy sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, dehqonlar va tomorqachilarning yeridan foydalanish madaniyatini oshirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi tashkil etish, ilg‘or tomorqachilari tajribalarini ommalashtirish muhokama qilindi. Shu sektor hududidagi Qorabekov Bahrom xonadonida avgust-sentyabr oylarida ekiladigan piyoz va sarimsoq piyoz ekishni targ‘ib qilish uchun ko‘rgazmali tarzda ko‘rsatib berildi.


Tumanda joriy yilda 2117 gektar maydonda to‘qsonbosti ekinlari tomorqalarga ekish rejalashtirilganyu shundan 432 gektariga avgust oyida piyoz va sarimsoq piyoz ekishilishi, qolgan 1685 gektar yerga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilishi belgilangan. Seminar qatnashchilari ayni paytda bu borada amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdilar.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM