Bulung'ur tumani hokimi: ijro intizomi tashkilotning imidjini ko‘rsatib beradi...

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonov rahbarligida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, sektor ishchi guruhi a’zolari va kun tartibiga aloqador soha mas’ullari ishtirok etishdi.

 

Kun tartibida “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida o‘tkazilgan ijro intizomini kompleks o‘rganish natijalari tahlil qilindi. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilganligi, bir hafta muddat ichida takroriy o‘rganish o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

  • Umuman, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash masalasi har bir tashkilot rahbarining doimiy e’tiborida shart. Navbati bilan tumandagi barcha tashkilotlarda kompleks o‘rganishlar o‘tkaziladi, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.

 

Shuningdek kun tartibida “Obod mahalla maskanlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Obod qishloqvaObod mahalladasturlari bo‘yicha qurilish hamda obodonlashtirish ishlari, jismoniy shaxslarning soliq tushumlari ahvoli tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan soha mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.

2015-2022 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM