Qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz...

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, texnika fanlar doktori, professor, Norqulova Karima To‘xtaboevna, Prezident Adminstratsiyasi ishchi  guruhi a’zosi, Respublika Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy hodimi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Xusniddin Norqulov Do‘stbekovich, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Z.T.Rafievalar Bulung‘ur tumanida bo‘lishdi.

 

Tuman hokimligida o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng ishchi guruh a’zolari tumanning Yangiobod va Beshqo‘ton mahallalarida bo‘lib, aholining ichiga kirib borishdi.  Ushbu maxallalardagi nuroniylar bilan dildan suhbat qurildi. Suhbat jarayonida Yangiobod maxallasida yashovchi fukaro Qilicheva Zulayhoning o‘g‘li va kelini moddiy muammolar sabab ajrim yoqasiga kelib qolganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu oilaning muammosini ijobiy hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.

  • Har bir oilaning muammosi bu sizning, bizning muammoimiz. Har bir shaxsga o‘z jigarimiz, oila a’zoimiz kabi munosabatda bo‘lishimiz kerak. Ana shundagina har qanday muammolarning yechimi topilishi oson bo‘ladi, deya ta’kidladi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Karima To‘xtaboevna.

 

Shuningdek, Beshqo‘ton mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida mahalla nuroniylari ichimlik suvi binosi ta’mirtalab ekanligini, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish lozimligini bildirishdi. Mazkur murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan soha mas’ullari oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, ularni ijobiy hal etish mexanizmi belgilab olindi.

“Qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz” shiori ostida joylarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davomida o‘zbek xalq milliy urf-odatlari yana bir bor yodga olinib, ularni yoshlar orasida ham keng targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari xususida so‘z yuritildi.

 

Aytish mumkinki, joylarda o‘tkazilgan manaviy-marifiy tadbirlar barchada birdek yorqin taassurot qoldirdi.

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM