SABZAVOT YETIShTIRUVChI XO‘JALIKLAR DIQQATIGA!

Bulung‘ur tumanida  2022-yilda  urug‘lik sabzavot yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tuman hokimliklari tomonidan ixtisoslashtiriladigan A.Maxsumov, H.Olimjon, A.Navoiy, Mingchinor, Bulung‘ur massivi  hududlarida tanlov asosida uzoq muddatga sabzavot urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1.     Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza;

2.     Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat;

3.     Kadastr agentligi tuman bo‘limi ma’lumotnomasi;

4.     Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma;

5.     Tuman Irrigatsiya tizimi bo‘limi ma’lumotnomasi;

6.     Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

7.     Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi);

8.     Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar) ;

9.     Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi);

10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.

Tuman hokimliklari taklifiga asosan urug‘chilikka ixtisoslashtiriladigan hududlardagi qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlov asosida uzoq muddatga tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2022 yilning 10 fevralidan 2022 yilning 1 martgacha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.

Tanlov Bulung‘ur tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida 2022 yil mart oyining birinchi o‘n kunligida belgilangan grafik asosida tanlov komissiyasi ishtirokida o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyati boshqarmasi.

Murojaat uchun telefon: (66)-234-07-66, (94)-184-01-06, (97)-287-04-42.  

 

Image_elon: 
2015-2023 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM