Bulung’urlik sportchi qiz Jasmina Osiyo bahslarining eng faol ishtirokchi bo’ldi

Shu yilning 6-11-noyabr kunlari Toshkent shaxrida qizlar jamoalari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha U-18, U-20 yosh toifalari o‘rtasida “Trofi” kubogining Osiyo bosqichi bahslari bo’lib o’tdi.

 

Hindiston, Bangladesh, Gonkong va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqaning har ikki yosh toifasida hamyurtlarimiz g‘alaba qozonishdi. Aylana tizimida kechgan turnirning so‘nggi bellashuvida o‘smirlarimiz Bangladesh jamoasini 38:15, yoshlarimiz esa Gonkongni 46:27 hisobida dog‘da qoldirdi. Mazkur muvaffaqqiyat har ikki jamoamizga “Trofi” kubogining Osiyo bosqichida ishtirok etish imkonini taqdim etdi. Unda g‘alaba qozongan jamoalar esa o‘z yosh toifalarida jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

 

Quvonarlisi mazkur xalqaro musobaqada Bulung'ur tumani 1-son kasb-hunar maktabining 2-bosqich o’quvchisi Uzoqboyeva Jasmina Mahmud qizi faol ishtirorok etib, eng faol ishtirokchi sifatida e'tirof etildi.

Chempion qiz kasb-hunar maktabining o'qituvchilari va o'quvchi yoshlari ishtirokida tantanali kutib oliindi va davra suhbati tashkil etildi. Unda yoshlarga sportchi qizning sportdagi faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi, musobaqa taassurotlari haqida so’z yuritildi.

 

Kasb-hunar maktabi jamoasi Uzoqboyeva Jasmina Mahmud qiziga omad tilab, uning kelgusida jahon chempionatiga yo‘llanmani qo’lga kiritib, mamlakatimiz bayrog’ini jahon arenalarida yuksaklarga ko’tarishiga ishonch bildirishdi.

2015-2023 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM