Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin

“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–51-son, 13.04.2023-y.) qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

  • banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi;
  • banklarga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badalmiqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi;
  • professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;
  • uy-joy sotibolish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdimetish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati  4-oy etib belgilanadi;
  • 2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotig aasosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi beriladi.

 

Bunda, 2023-yil uchun bir qarzoluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori 2022-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolinadi.

Mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomaga ega bo‘lgan shaxslarga subsidiyalar 2022-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.

Farmonning to‘liq matni bilan quyidagi manzilda tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/uz/docs/-6433775

 

Oybek Djumanazarov

Bulung‘ur tumani hokimligi yuriskonsulti

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM