“Yashil makon” umummilliy harakati amalda

Yurtimizga bahor fasli kirib kelishi bilan joylarda bahorgi ishlar ham qizqin boshlab yuborildi. Bulung‘ur tumanida joriy yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida 717 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan.

Bugun tumanning Yangiobod mahallasida loyiha doirasida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Unda sektor rahbarlari, qurilish hamda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari ishtirok etishdi.

Seminar avvalida boshlanayotgan ishlar xayrli bo‘lishi so‘ralib, Qur’on oyatlaridan o‘qildi va duoga qo‘l ochildi. Bir jonliq qurbonlik qilinib, doshqozonda hasharchilarga osh damlandi.

Tadbir davomida 70 sotix bo‘sh yer maydoni tayyorlanib, 435 tup gilos va 40 tup archa daraxti ko‘chatlari ekildi. Ko‘p yillik tajribaga ega bog‘bonlar tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Joylarda loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM