Fuqaro muhofazasi ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasining tayyorgarlik holati ko‘rikdan o‘tkazildi

Tuman hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat (yong‘in)larning oldini olish, yuzaga kelganda qisqa muddatlarda ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish hamda ijrosini taminlash maqsadida fuqaro muhofazasi ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasining tayyorgarlik holatini ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Bulung‘ur tumani hokimining 2022-yil 9-fevral kunidagi “Tuman fuqaro muxofazasi ishlarini mexanizatsiyalash yig‘ma komandasini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan tadbir davomida harakatlar re’jasi, iqtisodiyot obyektlari, korxona, tashkilotlarning kuch va vositalari ro‘yxati, me’yoriy hujjatlar va texnikalardagi asbob-anjomlar ro‘yxati, texnikalar va haydovchilar  to‘g‘risida  ma’lumotlar ko’zdan kechirildi.

Bulung‘ur tumani hokimligi Ishlarni mexanizatsiyalash yig‘ma komandasiga tuman hududidagi 10 ta tashkilotlarning 24 ta turli rusumdagi maxsus va muhandislik texnikalari hamda 50 nafar shaxsiy tarkibi jalb etilgan bo‘lib, tuman fuqaro muhofazasi hududiy yig‘ma komandasining kuch va vositalari shayligi “Yig‘in” signali berish orqali, ularni belgilangan joyga yetib kelishlari va tayyorgarligi o‘rganildi.

 

“Saf ko’rigi” davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga korsatma va tavsiyalar berildi.

 

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM