Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan

QAROR QILAMAN:

I. Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi 2022- yilning 9-avgust kuni soat 15:00da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.

II. Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.

1) Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida 2022-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S.Saidovning hisoboti.

2) Tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini hamda fuqarolar xafvsizligini ta’minlash borasida 2022-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Raupovning hisoboti.

3) Tuman mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishini ta’minlash, tumanning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzdorligini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Eshmurotov va tuman e-qaror.gov.uz 02.08.2022 2 moliya bo‘limi mudiri J.Narziyevlarning hisoboti.

4) Tumanda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida.

5) Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining iyul oyi yakuni ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevning hisoboti.

6) Boshqa masalalar.

III. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

Tuman hokimi:             S.Astonov

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM