Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasidan: Ijro intizomi borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xabar berganimizdek, joriy yil 11-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiya kun tartibida tuman hokimligi ijro intizomi-nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Davron Suyarovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti haqida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Unda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Suyarov tomonidan 2022-yil 1 choragi davomida  quyidagi ishlarni amalga oshirilgan:

2022-yil 1-choragi uchun 10 banddan  chora-tadbirlari rejasi  ishlab chiqilib, rejaning ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Joriy yilning 1-choragi davomida tuman hokimligiga ijro.gov.uz tizimi orqali 122 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, barchasi ijro uchun qabul qilingan.

2022-yil 1-chorak davomida jami bo‘lib 1011 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, o‘tgan yili 1062 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51 taga ya’ni 0.9 % ga kamaygan.

Jumladan: Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar 832 tadan 813 taga ya’ni 0.9 %ga, yuridik shaxslarn kelib tushgan murojaatlar 230 tadan 198 taga ya’ni 0.8 % ga kamaygan. Hozirgi kunda kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etish borasida hamda kamaytirish maqsadida chora-tadbir ishlab chiqilib, har bir ijrochiga tushuntirilgan.

Viloyat hokimligidan 1-chorak davomida ijro uchun 7 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib, ushbu topshiriqlar tegishli rahbarlarga yetkazilib, o‘z vaqtida ijrosi ta’minlangan.

Viloyat hokimining 2021-yil 15-dekabrdagi 16-01/2067-son bilan tasdiqlangan ish rejasiga asosan 2022-yil 21-yanvar  kuni Bulung‘ur tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida, 2022-yil 22-yanvar kuni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tumani inspeksiyasida, 2022-yil 27-yanvar  kuni tuman hokimining 2022-yil 12-yanvardagi 14/01-06-sonli yig‘ilish bayoni 4–bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tumani bo‘limida, 2022-yil  8-fevral kuni Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasida, 2022-yil 18-fevral kuni Bulung‘ur tuman Xalq ta’limi bo‘limida, 2022-yil 24-fevral kuni Bulung‘ur tuman elektr ta’minoti korxonasida, 2022-yil 24-fevral kuni tuman hokimligi bolalarni himoya qilish shu’basida, 2022-yil 24-fevral Bulung‘ur tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida, 2022-yil 3-mart kuni Bulung‘ur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida, 2022-yil 10-mart kuni Bulung‘ur tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida, 2022-yil 10-mart kuni Bulung‘ur tumani Obodonlashtirish boshqarmasida, 2022-yil 11-mart kuni “Toza hudud” DUK Bulung‘ur tumani filialida, 2022-yil 18-mart Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Bulung‘ur tuman kengashida, 2022-yil 18-mart asosan Bulung‘ur tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limida, 2022-yil 19-mart tuman Irrigatsiya bo‘limida  ish yuritish va ijro intizomi holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli tartibda ma’lumotnomalar tayyorlandi.

Bulung‘ur tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tumani inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tumani bo‘limi, Xalq ta’limi bo‘limida o‘rganishlar tuman hokimi huzuridagi apparat yig‘ilishida muhokama qilindi.

Bulung‘ur tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida, Obodonlashtirish boshqarmasida, “Toza hudud” DUK Bulung‘ur tumani filialida, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Bulung‘ur tuman kengashida, Qishloq xo‘jaligi bo‘limida, Irrigatsiya bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tuman hokimi, kompleks rahbarlari huzurida muhokama qilinib, “Toza hudud” DUK ijro intizomi bo‘yicha ma’sul Qosimov Rabbimqulga 2022-yil 12 mart kuni 4-sonli yig‘ilish bayoni bilan “Xayfsan” intizomiy chorasi e’lon qilingan.

Bulung‘ur tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Bulung‘ur tumani bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonuniy ko‘rib chiqish uchun 2022-yil 7-fevral kuni 14/02-116-son chiqish xati bilan tuman prokuraturasiga xujjatlar yuborilgan.

Bulung‘ur tuman elektr ta’minoti korxonasida hamda Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonuniy ko‘rib chiqish uchun 2022-yil 1-mart kuni 14/01-204-son chiqish xati bilan tuman prokuraturasiga xujjatlar yuborilgan.

Bulung‘ur tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma ko‘rib chiqish uchun 2022-yil 7-mart kuni 14/01-60-son chiqish xati bilan  Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Jabbarov nomiga yuborilgan.

Bulung‘ur tuman Xalq ta’limi bo‘limida o‘rganish natijalari tuman hokimi o‘rinbosari A.Buriboev huzurida yig‘ilishda 2022-yil 21-fevral kuni ko‘rib chiqilib, tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 22-fevral kungi 17Q-sonli bo‘yrug‘i bilan ijro intizomiga ma’sul Toshbulova Malika bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, metodistlar O.Rustamov hamda V.Qurbonovlarga 2022-yil 22-fevraldagi 19Q-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masala atroflicha muhokama qilinib, sessiya qarori qabul qilindi. Xususan, Xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (T.Rajabov), xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘roviga o‘z vaqtida javob bermagan hamda sessiya qarorlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan mas’ullarni hisobotini eshitish bo‘yicha taklif kiritib borishi lozimligi belgilandi.

Shuningdek, tuman hokimligi ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi (D.Suyarov)ga:

-har oy yakuni bilan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro holati axboroti, shuningdek, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritib borish;

-xalq deputatlari tuman Kengashiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib kelayotgan tuman korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tasirchan choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritib borish vazifalari yuklatildi.

Mazkur qarorning ijrosining nazorati Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (T.Rajabov), tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (D.Xabibullayev) zimmalariga yuklatildi.

2015-2024 © Bulung‘ur tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM