Kengash kotibiyati mudiri jurnalistlarga axborot berdi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alijon Shokirov ishtirok etib, “Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo`g`inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar” haqida ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tuman Kengashi tomonidan 2023-yilning 1-may kuniga qadar 6 marotaba sessiyalar tashkil etilib, o‘tkazilgan. Ularda jami 46 ta qarorlar qabul qilingan. Shundan 12 mansabdor shaxslarning hisoboti, 7 ta mansabdor shaxslarning axboroti, 4 ta nazorat taxlil tadbirlari, tuman hokimining qarorlari tasdiqlash va 21 ta boshqa masalalarda qarorlar qabul qilingan. Kengash sessiyalarida tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlarining hisobotlari doimiy ravishda eshitilib ketilmoqda.

O’tkazilgan sessiyalarda xalq muammolarini hal etishga qaratilgan ya’ni imkoniyati cheklangan, nogironligi va boshqa toifadagi bemor fuqarolar jami 113 000 000 (bir yuz o‘n uch million) so‘m mablag‘lar davolanish va jarroxlik amaliyotini o’tkazish uchun ajratilib berilgan. Ushbu masalada deputatlarimizning faol ishtiroki kuzatilgan bo‘lib, har bir ajratiladigan mablag‘ning egasini xonadoniga borib, o‘rganib sharoitidan kelib chiqqan holatda tegishli xulosalar berilgan...

 

Tadbir davomida OAV vakillari mavzu hamda soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM