Tuman markazi aholi harakatlanishi uchun qulay bo‘lishi kerak

Bulung‘ur tumani markazidagi avtomobillarning tartibsiz harakati ko‘p yillardan bunyon piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘idirib kelmoqda. Buning ustiga markazda tobora avj olayotgan noqonuniy ko‘cha savdosi ortidan ham turli tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov boshchiligida bu kabi noqulayliklarning oldini olish, transport vositalari, sotuvchilar va aholiga qulaylik yaratish choralarini ko‘rilmoqda.

 

Xususan, shu maqsadda mahalliy tadbirkorlar bilan bamaslahat holda tuman markazida joylashgan “Bulung‘ur buyum bozori” MChJning orqa tomonida bo‘sh turgan yerlardan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda. Hududda yangi avtomobillar turargohi, yangi savdo shaxobchalari bunyod etilib, savdo faoliyati uchun qulay muhit shakllantirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Hokim bugun sektor rahbarlari va ma’sullar hamrohligida hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘ldi. Jarayon davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM