ATB “Agrobank” Bulung‘ur filiali binosida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova raisligida ATB “Agrobank”Bulung‘ur filiali binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining da’vogar ATB “Agrobank” manfaatida javobgarlarga nisbatan kiritilgan kredit qarzdorligini undirish haqidagi da’vo arizalari mazmunan ko‘rib chiqilib, qarorlar qabul qilindi.

Shundan so‘ng,  bank xodimlri va tadbirkorlar ishtirokida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar hamda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘ycha davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlari ham tushuntirib o‘tildi.

Bundan tashqari ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham javoblar olishdi.

N.Tursunova,

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi                                                     

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM