Sessiya: tuman prokuraturasi va tuman IIB faoliyati bilan bog‘liq raqamlar ochiqlandi

Xalq deputtalari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi 68-sessiyasi o‘z yakuniga yetdi. Sessiya ishi kun tartibida 13 ta masala ko‘rib chiqildi.

Xabar berganimizdek, kun tartibidagi 1-masala yuzasidan tuman prokurori S.Saidovning hisoboti tinglandi. Unda ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 6 oyida 505 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 229 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Prokuror qarorlari va taqdimnomalari asosida 83 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Noqonuniy hujjatlarga 122 ta protestlar keltirilib, 60 tasi bekor qilingan hamda 37 tasi qonunga muvofiqlashtirilgan. Sudlarga 1 mlrd. 097 mln. so‘mlik 119 ta da’vo arizalari kiritilib, barcha da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

O‘tkazilgan tekshiruv va jinoyatlarni tergov qilish jarayonida 1 mlrd. 609 mln. so‘mlik zararlarning undirilishi ta’minlanib, qonunbuzilish holatlari yuzasidan 18 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Kun tartibidagi keyingi ikkinchi masala yuzasidan tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini hamda fuqarolar xafvsizligini ta’minlash borasida 2022-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limi  boshlig‘ining o‘rinbosari Ismoil Raupovning hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda jinoyatchilik bilan bog‘liq raqamlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, umumiy jinoyatchilik 9 foizga ortgan. Shundan uncha og‘ir bo‘lmaganlari 3,85 foizga, og‘irlari 75 foizga oshgan bo‘lsa, o‘ta og‘irlari -33,33 foizga kamaygan. Shuningdek, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilishi -20,0 foizga, ishlamaydiganlar tomonidan -84,0 foizga kamaygan bo‘lsa, mast holda sodir etilganlari keskin ko‘paygan.

Bundan tashqari, 2022-yilning 6 oyi davomida tuman xududida sodir etilgan 23 ta yo‘l-transport xodisacida 6 kishi xalok bo‘lib, ularda 18 kishi tan jaroxatlari olishgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan yo‘l-transport xodisalari  1 taga, halok bo‘lganlar ham 1 taga oshgan va ularda tan jaroxati olganlari soni 2 taga kamaygan.

Bolalar ishtirokida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasilari 7 ta sodir etilgan bo‘lib, ularda 3 ta bola halok bo‘lgan va 5 ta bola tan jaroxati olgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan YTXlar 7 taga teng, halok bo‘lganlar 2 taga oshgan va ularda tan jaroxati olganlar 1 taga kamaygan.

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibida ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan ham qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM