Bulung’ur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Shuhrat Sharipovning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida iyul oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

Bulung’ur tumani davlat soliq inspeksiyasiga iyul uchun budjet daromadlariga 6 399,0 million so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 6 431,3 million so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 100 foizga (32,3 million so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi –tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yilning iyul  oyi davomida 285 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganildi. Shundan 222 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 16 taxolatda, E-aktiv AAT, E-ijara AAT, E-imtiyoz mahsus dasturlaridan foydalanishda 29 ta xolatda, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 44 ta, to‘lov muddatlari to‘g‘risida 21 ta, onlayn nazorat kassa mashinalari va 2D skaner kurilmalari to‘g‘risida 48 ta,  Soliq organiga alokador 64 ta muommolarini xal qilishda  xamda 117,0 million so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini boshqa soliq turlaridan qarzi uchun qoplab berishda tadbirkorlik subyektiga ko‘maklashildi.

Masalan, "Oybek Qobiljon dalasi" fermer xo‘jaligi 19,0 million so‘mlik ortiqcha solig‘i summasi qaytarib berildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8- iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning iyul oyida tumanda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar soni 896 nafarni tashkil etdi.

 

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida Bulung‘ur Soliq Maslahatchilari guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, (93) 720-97-67 raqami orqali Telegram messenjeri orqali xamda (95) 508-25-26 telefon rakami orqali o‘zini qiziqtirgan savollarga javob topishlari mumkin.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM