Bugunning dolzarb masalalari muhokama markazida bo'ldi

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonov rahbarligida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, sektor ishchi guruhi a’zolari va kun tartibiga aloqador soha mas’ullari ishtirok etishdi.
Kun tartibida 2022-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uy-joylarni barpo etish hamda Ipoteka asosida kredit mablag‘lari va subsidiya ajratilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ahvoli haqida so’z yuritdi.

Yig‘ilish davomida, tashabbusli byudjet loyihasiga kiritilgan muammoli mahalla fuqarolar yig’inlari bo’yicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli qaroriga asosan E-AUKSION saytiga qo‘yilgan va sotilgan yerlar to‘g‘risidagi, Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaror ijrosi yuzasidan aniqlangan bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdosiga chiqarish borasidagi ishlar ahvoli, mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

Shuningdek oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar jinoyatchiligi va xotin-qizlar faollarining ishini tizimli tashkil qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar va uchrayotgan muammolar muhokama markazida bo'ldi.

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan soha mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.

2015-2024 © Булунгур туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM