Янгиликлар

Aholini ro‘yxatga olishda maxfiylik va xavfsizlik choralari 

Ro‘yxatga olish doirasidahar bir shaxs va mamlakatning har bir uy xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘planadi. Aholini ro‘yxatga olish shaxslarning shaxsiy hayotlari bilan qiziqmaydi. Aholini ro‘yxatga olishning maqsadi jamiyat va aholi guruhlari haqida statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. Shu asosda jamoatchilik shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini saqlanishiga ishonch hosil qilishi kerak.

Bulung‘urning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan korxonalarning barchasi ham bugun to‘liq quvvatda ishlayotgani yo‘q. Bunga fermer xo‘jaliklari bilan mustahkam va ishonchli aloqa o‘rnatilmaganligi, fermerlarning tuman uchun yangi bo‘lgan ayrim mahsulotlarning agrotexnik tadbirlaridan yaxshi xabardor bo‘lmaganliklari kabi obyektiv va subyektiv faktorlar ta’sir ko‘rsatmoqda. 

O‘zbegim tojik bilan ...

O‘zbek va tojik xalqlarini azaldan mustahkam rishtalar bog‘lab turadi. Bir-birimizni tarjimonsiz ham yaxshi tushunamiz. Dinimiz bir, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz mushtarak. Eng muhimi, samimiy do‘stlik munosabatlari, qon-qardoshlik rishtalari mustahkamlanishi uchun davlat rahbarlari darajasida choralar ko‘rilmoqda.

Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasida jarayonlarni jadallashtirish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani Amir Temur mahallasi hududida 2 gektar maydonda “Yoshlar tadbirkorlik sanoat zonasi” tashkil etilib, 20 ta lotga bo‘lingan holda Ye-IJRO AUKSION savdolariga chiqarilgan. Bugungi kunda 15 ta lot jismoniy shaxslar tomonidan yutib olingan. Qolgan 3 ta lot auksion savdosida, 2 ta lot to‘lov jarayonida turibdi.

 

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari o‘rganilmoqda

Bulung‘ur tumanidagi 55 ta mahalada ham hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov joylarda hokim yordamchilarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, tashabbuslarini o‘rganmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM