Янгиликлар

Bulung‘urda yashirin iqtisodiyotning ulushi qisqarmoqdami?

Bulung‘ur tumani Davlat soliq inspeksiyasi rahbari Sherzod Eshmuradov ishtirpokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkailgan tadbirda sohaga aloqador mas’ullar, hokim yordamchilari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda “Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar, dastlabki natijalar haqida” mavzusida so‘z yuritildi.

 

Ogohlik: 19 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan: ular orasida bulung‘urliklar ham bor

2022-yil 26-may kuni Samarqand shahar Farhod qo‘rg‘onida joylashgan to‘yxonalarning birida o‘tkazilgan sunnat to‘yi tadbirida qatnashganlardan 2022-yil 28-, 29-, 30-may kunlari jami 19 nafar, jumladan Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga 3 nafar fuqaro “Ovqatdan zaharlanish” tashxisi bilan yotqizilgan.

Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi binosida o‘qitish markazi tashkil etilgan, ammo o‘qitish ishlari boshlanmagan

Bulung‘ur tumanida “Zar Oltin Pilla” MChJ tomonidan 2022 yil mavsumida 4 164 nafar ish o‘rni yaratilgan. Tumanda 2022 yil I-II mavsumda 2045 quti pilla urug‘i fermer xo‘jaliklari xamda kasanachilarga tarkatilgan bo‘lib, 117 tonna pilla xom ashyosi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda ppilla xom ashyosini qabul qilish jarayonlari davom etmoqda. Ayni jarayonda F.Yo‘ldosh, A.Maxsumov, O‘zbekiston, Ipak Yo‘li agrofirmalari ko‘rsatkichlari ortda qolmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM