Tuman markazi aholi harakatlanishi uchun qulay bo‘lishi kerak
23.11.2022 - 18:41Bulung‘ur tumani markazidagi avtomobillarning tartibsiz harakati ko‘p yillardan bunyon piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘idirib kelmoqda. Buning ustiga markazda tobora avj olayotgan noqonuniy ko‘cha savdosi ortidan ham turli tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov boshchiligida bu kabi noqulayliklarning oldini olish, transport vositalari, sotuvchilar va aholiga qulaylik yaratish choralarini ko‘rilmoqda.