Янгиликлар

Prezident qarorlarining joylardagi ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ikrom Izzatovich Giyasov Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Tashrifdan maqsad davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, xususan PQ-408 sonli Qarorning joylardagi ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishish bo‘lib, tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori S.Saidov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov hamrohligida bir qancha manzillar ko‘zdan kechirildi.

Muammolardan mas’ullarning xabari bor: kamchiliklar imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda

“Ishonch.uz” veb-saytida Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasi Paxtaboshi qishlog‘idagi kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik sohasidagi bir qancha masalalarga e’tibor qaratilgan maqola e’lon qilindi. Holat tuman hokimining o‘rinbosari N.Sanaqulov rahbarligida soha mas’ullari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM