Янгиликлар

Navbatdagi hokim qabulida 30 dan ortiq murojaatlar tinglandi

Bugun, 3 avgust kuni Bulung‘ur tumani hokimi Baxodir Baxramov tomonidan navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi yozgi majlislar zalida - ochiq ayvon ostida o‘tkazilgan qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaat va takliflari bilan bevosita tuman hokimi bilan muloqotda bo‘lishdi.

 

Tabiiy gaz istеmolchilari diqqatiga!!!

2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda “Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” magistral gaz quvurining 289 km qismidagi nuqsonli gaz quvurida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan, 2021 yil 4 avgust kuni soat 8:00 dan 6 avgust 17.00 gacha G‘ubdin gaz taqsimlash stansiyasidan tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatilishini ma’lum qilinadi. Shu munosabat bilan ko’rsatilgan vaqt oralig’ida tumanning G’o’bdin va Lalmikor mahallalarida gaz ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumanidagi 22-umum ta’lim maktabida ham turli sport to‘garaklari tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Jumladan, badiiy gimnastika to‘garagida bugun maktabning sport sevar qizlari ishtirok etib, turli musobaqalarda ham qatnashishmoqda.

Ta’lim sohasidagi muammolar ochiq muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ma'naviy kommunikatsiyalar Agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga muvofiq o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqot “Ta’lim sohasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM