Tumanimizda yashab ijod qilayotgan birinchi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi!
30.09.2021 - 13:58Abdurahmon Qodirov nomini nafaqat viloyatda, respublikada ham yaxshi bilishadi. Chunki, 40 yillik umrini xalq ta’limiga bag‘ishlagan, 20 yil tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan ustoz nafaqat ta’lim-tarbiya fidoyisi, balki xassos shoir hamdir. Uning shu kungacha 15 dan ortiq she’riy kitoblari bosmadan chiqib, allaqachon o‘quvchilar qalbidan joy egallagan.