Bulung‘urda qimmatbaho va foydali meva – Funduq yetishtiriladi
23.03.2024 - 12:14Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda ham, xususan Samarqand viloyatida 500 ga. maydonga Ozarbayjon tajribasi asosida o‘rmon yong‘og‘i (Funduq) ekish vazifasi belgilangan edi. Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasi hududida o‘tgan navbatdagi seminarda mazkur mevali daraxtni ekish hamda parvarishlash to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.