Bulung‘ur maktablarida o‘quvchilarga 2 ta xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish amaliyoti joriy etiladi

Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifidan biroz o‘tib, Bulung‘ur tumani hokimi va ta’lim tizimi mas’ullari Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabda yo‘lga qo‘yilgan tajriba bilan yaqindan tanishib qaytishgan edi.

 

Mazkur ijobiy tajribani Bulung‘ur tumaniga joriy etish maqsadida, birinchi bosqchida tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘quvchilarga 2 ta chet tili va bir necha kasb-hunarlarni o‘rgatish amaliyoti joriy etilishi belgilandi.

 

Xususan, maktabda budjet mablag‘lari hisobidan ingliz va fransuz tillari, shuningdek, sartaroshlik va tikuvchilik, tadbirkorlar bilan hamkorlikda esa, akfa rom yassh, santexnik va qandolatchi kasb-hunarlari o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov maktabda bo‘lib, shu maqsadda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Xonalarning ta’mirlanishi, joylashuvi va jihozlanishi yuzasidan maktab rahbariyati va quruvchilarga o‘z takliflarini bildirdi. Hududda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM