
2023-yil yanvar- iyul oyi davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 364,9 mln AQSh dollari miqdorida tovarlarning eksport bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 34,1 mln AQSh dollarga yoki – 10,3 foizga ko‘paygan.
Eksport qilingan tovarlar asosan:
Meva-sabzavot mahsulotlari – 94,1 mln AQSh dollar yoki 25,8%;
To‘qimachilik mahsulotlari – 60,7 mln AQSh dollar yoki 16,6%;
Transport va uning ehtiyot qismlari – 48,2 mln AQSh dollar yoki 12,6%;
Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar – 45,8 mln AQSh dollar yoki 12,6%;
Oziq-ovqat mahsulotlari – 38,5 mln AQSh dollar yoki 10,6%;
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari – 26,4 mln AQSh dollar yoki 7,2%;
Kalava ip – 16,2 mln AQSh dollar yoki 4,4%;
Mineral o'g‘itlar – 8,2 mln AQSh dollar yoki 2,2%;
Boshqa mahsulotlar – 26,8 mln AQSh dollar yoki 7,4%.