Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador soha rahbarlari, tegishli hokim o‘rinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish, hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning axboroti.
2) Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunovaning 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
3) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi raisi Sh.Murodullayevaning 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
4) Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudi raisi J.G‘aybullayevning 2023-yilning birinchi yarim yilligi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlari amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
5) 2023-yilning 6 oyi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S.Saidovning hisoboti.
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
7) Bulung‘ur tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmati bo‘yicha 2023-yil II chorak davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida.
8) Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.
9) Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i I.Salimovning 2023-yil 2-chorak davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
10) Bulung‘ur tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Safarovning tuman Adliya bo‘limining 2023-yilning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.
11) Xalq deputatlari tuman Kengashining reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 25 mart kungi KQ-476-IV sonli Qarorini 5-bandi ijrosi to‘g‘risida.
Sessiya ishida ko‘rilgan har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Yakunda tegishli qarorlar qabul qilinib, soha mas’ullari oldiga kelgusi vazifalar belgilab berildi. Xususan, sessiyada deputatlar tomonidan PQ-57-sonli Qarorning tumandagi ijrosi yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti koronasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz deb baholanib, soha rahbarlarining hisobotlari qabul qilinmadi.