Navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi sakson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi 8 ta masala ko‘rib chiqildi:

1) Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i I.Salimovning 2023-yil 1-chorak davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.

2) Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining sud hujjatlarini ijrosiga doir faoliyati natijalari to‘g‘risida byuro boshlig‘i Z.Qosimovning hisoboti.

3) 2023-yil 1-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b J.Narzievning hisoboti.

4) Bulung‘ur tumanini 2023-yilda yanada rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etgan holda barqaror o‘sishga erishish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Sh.Razzoqovning hisoboti.

5). Tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rizaevning hisoboti.

6) Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.

8) Tashkiliy masala.

 

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM