Endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida belgilanadi

Bu boradagi tartib-tamoyillar 2023-yil 3-may kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 183-son qarori bilan tartibga solinadi.

 

Xususan, mazkur qaror bilan:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlash;

Har bir mahallada umumiy qiymati 8,0 mlrd so‘mdan oshmagan hamda tarkibida bir nechta tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan loyihalar paketi shakllantirish;

Respublika bo‘yicha ajratilgan jami mablag‘ hududlarning aholi va mahalla sonidan  kelib chiqib taqsimlanishi;

Mahalla raislari tomonidan shakllantirilgan loyihalarni o‘rganib chiqish va saralash bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari qoshida Maxsus komissiyalar tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.

 

         “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini o‘tkazish quyidagi bosqich va muddatlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda: Tuman va shahar hokimliklari tomonidan jarayonlar boshlanishi avvalida loyihalarni shakllantirish va ovoz berish mexanizmi, muddatlari hamda ajratilgan mablag‘lar yuzasidan e’lon beriladi hamda tushuntirish ishlarini olib boradi;

-1 kun muddatda mahalla raislari nomiga elektron raqamli imzo orqali ro‘yxatdan o‘tuvchi login va parollar olish uchun mahalla raislari ro‘yxatini Kamabag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etishadi.

2-bosqichda: mahalla raislari, sektor rahbarlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va mahalla fuqarolari bilan bamaslahat tarzda 10-kun muddatda loyihalar paketini shakllantiradi.

Shakllantirilgan loyihalar paketi mahalla raislari nomiga berilgan login va parollar orqali portalga kiritiladi;

Loyihalarning eng kam soni 3 ta, maksimal loyiha qiymati
8,0 mlrd.so‘mdan oshmasligi kerak.

 

Ma’lumot o‘rnida, loyiha doirasida Samarqand viloyati uchun jami davlat budjetidan 331,3 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

3-bosqichda: Loyihalarni saralash va monitoring qilish bo‘yicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasi tomonidan 12-kun muddatda (Komissiya raisi - hokimning 1-o‘rinbosari, a’zolari - qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (ishchi organi), hokimlik Jamoatchilik kengashi  vakili, nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari), loyihalar paketini amalga oshirish imkoniyatlarini va qiymatiga aniqlik kiritib, loyihani qabul qilish yoki rad etish yuzasidan qaror qabul qiladi.

Bunda, Portalga kelib tushgan loyihalar to‘plami 3-kun muddatda Maxsus komissiya tomonidan tegishliligi bo‘yicha buyurtmachilarga yuboriladi.

Buyurtmachilar tomonidan 7 kun muddat ichida ko‘rib chiqilib, Maxsus komissiyaga qabul qilingan tadbirning qiymati va amalga oshirish uchun talab etiladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxatini ilova qilgan holda yoki asoslangan holda rad etish yuzasidan xulosalarni taqdim etadi. 

Buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan xulosalar maxsus komissiya tomonidan 2-kun muddat ichida ko‘rib chiqib, qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Qabul qilingan loyihalar to‘plami ovoz berish bosqichiga o‘tkaziladi. 

 

4-bosqichda: Fuqarolar tomonidan “ochik budjet” portali orqali saralash bosqichidan o‘tgan loyihalarga 10 kun davomida ovoz beriladi.

Bunda, mahalla (qishloq) fuqarolari tegishli mahalla (qishloq) bo‘yicha ilgari surilgan loyihalar to‘plami ichidan o‘zlari qiziqtirgan tadbirlarga ovoz beradilar.

Bir fuqaro faqat bitta loyihalar to‘plamiga, biroq ushbu loyihalar to‘plami tarkibidagi bir nechta tadbirlarga ovoz berish huquqiga ega.

Ovoz berish jarayoni “ochiq budjet” axborot portali orqali SMS xizmati, telegram, shuningdek portalning mobil ilovalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.  

 

Yakuniy bosqichda: “Ochiq budjet” portali eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalarni avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qiladi.

Loyihalar to‘plami g‘olib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz to‘plash lozim bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, jarayon an’anaviy tarzda noyabr-dekabr oylarida o‘tkaztilishi belgilangan bo‘lib, jory yilda istisno tariqasida may oyida o‘tkaziladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM