Maktab o‘quvchilarining xulqi “maktab - ota-ona – jamiyat” tamoyili ostida muhokama qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanidagi 22-maktab va 23-maktabning o‘quvchi qizlari janjali aks etgan videolavha tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan har ikkala maktabda ham tuman hokimi Samandar Astonov ishtirokida muhokama o‘tkazildi. Muhokamalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari, maktab ma’muriyati va pedagogik jamoasi, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla mas’ullari va faollari ishtirok etishdi.

 

Muhokama avvalida yig‘ilganlar sodir bo‘lgan voqea, jarayon yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning bugungi kundagi holati, kutilayotgan oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

Muhokama davomida qizlarning xulqi bir kishining xatosi emasligi, ushbu xulq-atvor bir kunda shakllanib qolmaganligi, ushbu holat ular o‘sib kelayotgan yosh avlod, yurtimizning bo‘lajak egalari sifatida barchani birdek tashvishga solishi zarurligi ta’kidlandi.

 

  • Bugun ayb senda, menda deb talashadigan, aybor izlaydigan vaziyatda emasmiz. Farzandlarimizning taqdiri uchun hammamiz: jamiyat mas’ul va ushbu holat bugungi jamiyatimizning aybi, deya ta’kidladi tuman hokimi S.Astonov.

 

Muhokama davomida, shuningdek, ota-onalar, pedagoglar, nuroniylarning fikr-mulohazalari tinglandi. Kelgusida bu kabi holatlarning takrorlanmasligi uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan kompleks choralar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM