Yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimga o‘tilmoqda

Xabaringiz bor, bugun yurtimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tamoyillari joriy etilmoqdaki, maqsad sohadagi bo‘shliqlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamaga sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari taklif etildi.

Muhokamada tumanda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan joriy yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

 

Bugungi kunda tumanda jami 55 ta mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyat yuritadi. Joriy yil boshidan yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini tashkil qilish maqsadida “Yoshlar dasturlari” ishlab chiqildi. Ushbu dasturlarning 1-chorak ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Birinchi bo’lim - yoshlar daftari bilan ishlash:

“Yoshlar daftari”ga jami 697 nafar yoshlar kiritilib, ulardan 563 nafariga amaliy yordam ko’rsatildi. Biroq, Gulubod, Changal-1, Gulzor hamda Kichik Kildon mahallalarida tizim orqali 20 nafardan ortiq yoshlarga yordam ko’rsatgan bir vaqtda 1-sektorda Bulung’urariq, Istiqlol, 2-sektorda Mehrjon, Elobod, 3-sektorda Do’stlik, Olmazor, 4-sektorda Samarqand, Cho’yontepa mahallalarida tizimidan bor yo’g’i 4-5 nafardan yoshlarga yordam ko’rsatilgan. “Yoshlar daftaridan yordam so’rab qilingan arizalardan 85 % arizalar qanoatlantirilgan bir vaqtda, ushbu ko‘rsatkich 2-sektorda Mexrjon (42%), Dexqonobod (30%) 3-sektorda Yangiobod (41 %) mahallalarida pastligicha qolmoqda.

 

“Yoshlar daftari”dan ko‘rsatilgan yordamlar tahlil qilinganda bir qator kamchiliklar aniqlagan. Xususan, 1-sektorda Nebo’sa mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan fuqaro A.S.ni yer olgan sifatida daftardan chiqargan bo‘lsada, tizimdagi asoslovchi hujjatlariga A.D.ga tegishli bo’lgan malumotlar yuklagan. Erganakli mahallasi yoshlar yetakchisi Saidov Shohruh tomonidan fuqaro Y.M.ga hokim yordamchisi tomonidan 8 mln. so’mlik tikuv mashinasi olib berildi deb daftardan chiqarilgan, ammo o’rganilganda ushbu yordam ko’rsatilmaganligi aniqlandi. 2-sektordagi Sayiltepa mahallasi yoshlar yetakchisi Parmonov Oybek tomonidan fuqaro A.Sh.ga subsidiya asosida motokultivator olib berildi deb daftardan chiqarilgan. Ammo o’rganishlar yolg’on ma’lumot yuklanganligini tasdiqlamoqda. Fuqaro bilan bog’lanilganda u motokultivatorni subsidiyaga emas, kreditga olganligini ta’kidladi.

Shuningdek Bulung’urariq, Istiqlol, Mehrjon, Elobod, Do’stlik, Navbaxor, Samarqand, Ulug’bek, Cho’yontepa mahallalarida yoshlar bandligini ta’minlash borasida faqtgina “Yoshlar jamg’armasi”ga tayanib qolingan. Bu esa ushbu mahallalar yoshlar yetakchilari va mas’ullari o‘zini qiynamayotganligini ko‘rsatib, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqarishga sabab bo’lmoqda.

Ikkinchi bo’lim - Besh tashabbus olimpiadasi

Tumandagi mavjud 55 mahallalardan bugungi kunga qadar 40 465 nafar yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil qilinadigan sport musoboqasi va ko‘rik tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirib beshtashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar mahallalar kesimida tahlil qilinganda Erganakli, Niyozmat, Alisher Navoiy, Nebosa, Gulzor, Saxovat, Oqtepa, Nurli yo‘l, Cho‘yantepa mahallalaridan 1000 dan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsada, Mehrjon (133), Kichik Kildon (188) kabi mahallalarda yoshlar o’rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” keng targ’ib qilinmaganligini ko‘rsatmoqda.

 

Shuningdek bu yildan ilk marotaba kasblar tanlovi tashkil qilindi. Biroq, bugungacha O‘roqli mahallasidan 3 nafar, Zarafshon mahallasidan 7 nafar, Mirzaariq mahallasidan 8 nafar, Mehrjon mahallasidan 9 nafar, Mingchinor, Isori o‘roqli, Do‘stlik, Go‘bdin, Samarqand, Gulobod mahallalaridan 15 nafardan yoshlar mazkur tanlovlarda ishtirok etish istagini biljdirishgan xolos. “Madaniyat” yo‘nalishidagi tadbirlarga esa Bog‘bon, Bulung‘urariq, G‘obdin, Oqtepa, O‘roqli, Elobod mahallalaridan bir dona ham ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Para-sport musoboqalariga ishtirok etish uchun esa Kaptarxona mahallasidan 1 dona, Niyozmat mahallasidan 2 dona Kattaqishloq mahallasidan 2 dona, tuman bo‘yicha jami 5 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

 

Uchunchi bo’lim - Yoshlarning bo’sh vaqti-yetakchining ish vaqti

 

Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida kechki soat 16-00 dan 23-00 ga qadar kechki tadbirlar bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lishiga qaramasdan Bulung’ur, Nurli yo’l, Erganakli, Dehqonobod, Elobod, Kaptarxona, Olmazor, Mexrjon, Yangiobod, Beshkuvi, Zarafshon, Qo’ng’irot hamda Chorbog’ mahallalarida muntazam ravishda ushbu tadbirlar tashkil qilinmasdan kelinmoqda.

O’tgan birinchi chorak davomida qo’pol xatolarga yo’l qo’yganligi uchun Elobod, Niyozmat, Bulung’urariq, Alisher Navoiy, Nebo’sa Do’stlik mahallari yoshlar yetakchilarixayfsan” intizomiy jazosi bilan jazolangan.

Tahlillardan ko‘rinib turganidek, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar talaygina. Tuman hokimi Samandar Astonov bugungi kunda yoshlar masalasiga hech bir rahbar, hech bir mas’ul befarq qaramasligi lozimligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari mahallalarga mas’ul bo‘lishi, shu hududdagi yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ishlashi, unga har jabhada ko‘mak berishi lozimligi belgilandi. Kelgusida yoshlar yetakchisining faoliyati samaradorligi, mahalladagi yoshlarga oid ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda tegishli mas’ullar ham birgalikda javob berishi ta’kidlandi.

 

Muhokama so‘ngida faoliyatida suskashliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun tumanning Mexrjon, Sayiltepa, Erganakli, Istiqlol, Beshkuvi, Kaptarxona, Chorbog’ mahallalari yoshlar yetakchilariga intizomiy jazo chorasini qo’llash taklif etildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM