Yoshlar bilan yangicha tizimda ishlanadi: vazifalar belgilab olindi

Joriy yil 11-aprel kuni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan, unda mas’ullar oldiga bir qancha vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda berilgan vazifalarni joylarga yetib borishi va amalga tadbiq etish mexanizmlarini tushuntirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Bulung‘ur tumani hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.Kuranbaev, Samarqand viloyati DXX rahbari A.Axmedov, tuman hokimi S.Astonov, sektor rahbarlari va ularning sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, ijtimoiy soha rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tumanning Oqtepa mahallasi misolida har bir mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi. Ushbu jarayonda yoshlar yetakchisidan to sektor rahbarigacha bo‘lgan zanjirda har bir mas’ulning vazifasi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida iqtidorli yoshlar bilan suhbatda bo‘linib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Xususan, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari K.Kuranbaev tumandagi 27-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Abirqulova Shoxsanam bilan suhbatda bo‘ldi. Uning taklifiga binoan tumanga “Yosh kitobxon” respublika tanlovida foydalaniladigan 250 turdagi adabiyotlarning har biridan 2 nusxadan jami 500 nusxada kitoblar jamlanmasi yuborilishiga, Shoxsanamning o‘ziga esa noutbuk sovg‘a qilinishiga va’da berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM