Iste'dodlarni ko'rik-tanlovga chorlaymiz!

El tanigan mashxur baxshi, bulung‘ur dostonchilik maktabining yirik namoyondasi Fozil Yo‘ldosh izidan kelayotgan yosh iste’dodlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Fozil Yo‘ldosh izdoshlari” nomli ko‘rik-tanlov e’lon qilindi.

 

Tuman hokimligi hamda tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilayotgan ko‘rik-tanlovda Bulung‘ur tumanida doimiy istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli havaskor baxshilar ishtirok etishlari mumkin.

 

Talabgorlar tuman hokimligi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasiga joriy yilning 20-aprel sanasiga qadar (shu kuni ham) murojaat etishlari mumkin (66-442-15-78, 99-947-76-41).

 

Ko‘rik tanlov nizomi bilan quyida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin

 

“Fozil Yo‘ldosh izdoshlari” nomli Bulung‘ur tuman baxshilari ko‘rik-tanlovi

N I Z O M I

Tumanimizdagi havaskor baxshilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Fozil Yo‘ldosh izdoshlari” nomli ko‘rik-tanlovi Bulung‘ur tuman hokimligi va madaniyat markazi  hamkorligida o‘tkaziladi.

1. Umumiy qoidalar

1.1Ushbu Nizom “Fozil Yo‘ldosh izdoshlari” nomli Bulung‘ur tumani baxshilari ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2 Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishning aniq muddati tanlov boshlanishidan 10 kun oldin e’lon qilinadi.

2. Ko‘rik-tanlovining maqsadi

  2.1 Bulung‘ur tuman hokimligining tumandagi baxshichilik san’atini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash;

  2.2 O‘zbek xalqi, avvalo yosh avlod qalbida madaniyatimiz, ma’naviyatimizning qadim sarchashmalaridan bo‘lgan baxshichilik san’atiga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, unikeng targ‘ib qilish, folklor an’analari va qadriyatlarini saqlash, o‘rganish, rivojlantirish;

  2.3 Xalqimiznig nomoddiy madaniy merosi bo‘lgan baxshichilik maktablarining iste’dodlarini aniqlash, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda ularning ijodlarini keng targ‘ib qilish, mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ularni rag‘batlantirish hamda katta sahnalarga chiqishlariga ko‘maklashish;

3. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish shartlari

  3.1 Ko‘rik-tanlovda Bulung‘ur tumanida doimiy istiqomat qilayotgan doston ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi iste’dodli havaskor baxshilar (7 yoshdan 70 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

  3.2 Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari asosan tanlovda adabiy matn, she’r, musiqa, aytim yo‘li hamohangligiga alohida ahamiyat bergan holda, badiiy so‘z ijrochiligi, shoirlik, xonandalik, mohir sozandalik va ma’lum darajada aktyorlik mahorati hamda sahna madaniyatidan xabardor bo‘lishlari va amal qilishlari, shuningdek asarlarni yoddan ijro etishlari shart.

3.3Ko‘rik-tanlov ishtirokchilariga fonogrammadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

4. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish va tashkil etish shartlari

           4.1 Ko‘rik-tanlov quyidagi shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Birinchi shart-Baxshichilik cholg‘u asboblarida  nag‘malar ijro etish;

Ikkinchi shart-Bulung‘ur dostonchilik maktabi asoschisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li haqida terma aytish;

Uchinchi shart-O‘z ijodidan terma yoki istalgan dostondan parcha aytib berish;

4.2 Ko‘rik tanlov ishtirokchilari amal qilishi lozim bo‘lgan ayrim qoidalar:

Ijrochining ijro mahorati, ovoz va sozlarning uyg‘unligiga amal qilish, badiiy so‘zda chechanlikni namoyish etish.

5. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini baholash

5.1 Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun tumanimizdagi folklor yo‘nalishi mutaxassissi bo‘lgan uch kishidan iborat Hakamlar hay’ati shakllantiriladi. Hakamlar hay’atiga boshqa mutaxassisilar jalb etilishi mumkin.

5.2 Ko‘rik-tanlovining barcha bosqichlarida ishtirokchilarning chiqishlari ularning ijro etayotgan dasturlarining g‘oyaviy yuksak badiiyligi, ijro mahoratlari, ovoz va sozlarning uyg‘unligi, liboslari hamda sahna madaniyatiga qarab Hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi.

5.3Hakamlar hay’atining xulosasiga asosan yakuniy qaror qabul qilinadi.

6. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash tartibi

6.1. Ko‘rik-tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarga ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita va homiylar tomonidan maxsus diplomlar va qimmatbaho estalik sovg‘alar beriladi.

7. Ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish

  7.1 Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida teng ulushlarda amalga oshiriladi.

-tuman mahalliy budjeti mablag‘lari;

-homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM