Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi saksoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiya tuman hokimi, Kengash raisi Samandar Astonov raisligida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqadaor mas’ullar hamda ommaviy a’borot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) “Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sh.Duvlanovning hisoboti.

2) Tumanda yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i K.Gapparovning axboroti.

3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq, tumanda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilanadigan vazifalar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari N.Sanaqulovning hisoboti.

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning 2023-yil 1-chorak davomida tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

5) Yangi ish o‘rinlari va aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori B.Bosimovning hisoboti.

6) Tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

7) Tuman hokimining 2023-yil 24-martdagi 89-7-93-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash haqida.

8) Bulung‘ur tumani hududida tashkil etilgan referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatib boring, kun tartibidagi masalalar yuzasidan hafta davomida batafsil ma’lumot berib boramiz.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM