Viloyat DXX rahbari bulung‘urlik yoshlar huzuriga keldi

Bulung‘ur tuman Madaniyat markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyati DXX rahbari A.Axmedov, tuman hokimi S.Astonov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i X.Tuxtayev, tuman sektor rahbarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, tumanning turli manzillaridan kelgan yoshlar ishtirok etishdi.

 

Tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmasi bilan boshlangan uchrashuv samimiy, ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Unda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflari tinglanib, har biri yuzasidan tegishli choralar va mas’ullar belgilab olindi. Xususan, ijobiy hal etish mumkin bo‘lgan murojaat va takliflar yuzasidan shu yerning o‘zida yakuniy fikrlar bildirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

 

Xususan, tadbir davomida tadbirkorlik uchun yer, kredit ajratish, yoshlarning fan, ijod va sport bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish kabi masalalarda taklif va murojaatlar bildirildi. Tadbir so‘ngida faol yoshlar badiiy kitoblar jamlanmalari bilan rag‘batlantirildi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM