Bulung‘ur tumanida IIB YHXB tizimda mas’ul xodimlar soni 10 nafarga yetkazildi

Viloyatda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar va transportlar harakatini tartibga solish maqsaddida Samarqand viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, hududlarda keng joriy etilmoqda.

 

Xususan, bugun Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan muhokamada mazkur tizimning afzalliklari va ishlash tizimi sodda tilda tushuntirib berildi.

 

Tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov, viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘i polkovnik Shavkat Boyxo‘rozov, tuman IIB hamda IIB YHXB rahbariyati, mahallalardagi profilaktika inspektorlari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Muhokama davomida ta’kidlanganidek, yangi tizimga ko‘ra, mahallalarda aholi soni, transport vositalari soni, kriminogen vaziyat, mavjud yo‘llar uzunligidan kelib chiqqan holda “kvadrat” hududlar tashkil etiladi. Xususan, Bulung‘ur tumani 7 ta “kvadrat”ga bo’lindi. Shunga ko‘ra mazkur hududlarga 7 ta YHXB xodimlari biriktirilib, tumanda faoliyat olib boruvchi jami mas’ul xodimlar soni 10 nafarga yetkaziladi.

Tadbir davomida “mahallabay” ishlash tizimi doirasida tumanda yangidan faoliyat boshlayotgan YHXB xodimlari mahalla mas’ullariga tanishtirilib, ularning xizmat vazifalari tushuntirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM