Deputatlar faoliyati sarhisob qilindi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo`g`inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar” haqida so‘z yuritildi.

Mavzu yuzasidan xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alijon Shokirov tomonidan axborot berildi. Xususan, tadbir davomida ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi 636-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2020-yil 11-dekabrdagi №KQ-161-IV Qarori asosida mahalliy Kengash deputatlari jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotganligi bois ularning faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida yuridik shaxs maqomidagi alohida organ – doimiy asosda ishlovchi Kotibiyatlar tashkil etilib, bugungi kunda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Xammamizga ma’lumki, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qonunchiliktizimi takomillashtirib borilmoqda, deputatlarning tom ma’noda “XALQVAKILLARI” bo‘lishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

 “Xalq deputatlari tuman Kengashining reglamenti”ga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining har biri tuman Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiyalar ishida tashabbuskorlik va faollik bilan qatnashishi lozimligi, Kengash deputati o‘z vakolatlarini ishlab chiqishdan yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshirishi belgilanganligi, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 2022-yil davomida tuman Kengashining sessiyalarida faolligi, saylovchilari bilan uchrashuvlari, korxona va tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ommaviy axborot vositalarida (gazeta, televidiniya, ijtimoiy tarmoqlarda) chiqishlari Kengash kotibiyati tomonidan har oyda tahlil qilinib borilmoqda.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi tomonidan 2022-yilda 24 marotaba sessiyalar o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu o‘tkazilgan sessiyalarda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotiga oid jami 211 ta masalalar ko‘rilgan. Shundan 84 marta davlat boshqaruv organlari rahbarlaning hamda korxona va tashkilotlar rahbarlarning hisobotlari eshitilgan, 26 marta mutasaddilarning axborotlarni tinglangan, 8 marta hokim qarorlari tasdiqlangan va 81 marta boshqa masalalar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqilgan.

Har bir o‘tkazilgan sessiyalar dastlabki tarzda Kengashdagi mavjud 8 ta doimiy komissiyalar tomonidan tegishliligi bo’yicha ko‘rib chiqilib, tegishli bayonnomalar asosida sessiyaga kiritilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari o‘z faoliyatlarni yil boshida tasdiqlangan Kengash rejasi, doimiy komissilarning ish rejalari hamda o‘zlari saylangan siyosiy partiyalarning dasturlari asosida amalga oshirib kelmoqda.

Deputatlik faoliyatning asosiy talablaridan biri bu nazorat tahlil, qonunlarning joylardagi ishlashi, tumandagi mavjud muammolar asosida deputatlik so‘rovi institutidan foydalanishdir. Shu maqsadda 2022-yil davomida deputatlar tomonidan tuman va viloyat darajasidagi mas’ullarga 130 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida 135 marta joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan oilalarning muammolarni hal etish ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahallalarga chiqib mas’ullarning oldiga ijro etilishi uchun 50 ga yaqin masalalar qo‘yilgan.

Shuningdek, deputatlar tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning tizimli nazorati olib borilmoqda.

Deputatlar tomonidan joylarga chiqib o‘rganishlar, sayyor qabullarda tushgan murojaatlar, tuman Kengashiga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida 2022-yil davomida 46 nafar turli ijtimoiy og‘ir holatga tushib qolgan asosan murakkab tibbiy muolajalarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga Xalq deputatlari tuman Kengashning sessiyalarida 378,8 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga muvofiq tuman Kengashi deputatlariga maktab direktorligiga nomzodlarning dasturlarini ko‘rib chiqish va ularni lavozimga tavsiya etish vakolati berilgan. Ushbu vakolat doirasida bugungi kunga qadar deputatlar tomonidan 6 ta maktab direktorlarining nomzodlari ma’qullangan.

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda deputatlari faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida jami 131 marta OAV da chiqishlar amalga oshirilgan.

Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu va soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM