Qarovsiz itlar, oshirilgan taksi narxlari, minnaddorchilik: 1-sektor rahbarining navbatdagi uchrashuvi Yangiqo‘rg‘on mahallasida bo‘ldi

Bulung‘ur tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi hamda mahalla fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda sektor ishchi guruhi a’zolari, mahalla mas’ullari, mahalla yoshlari va fuqarolari ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida, odatga ko‘ra, 1-sektor kotibi Abduvali Hazratqulov tomonidan mahallada bundan oldingi o‘tkazilgan uchrashuvda bildirilgan murojaatlar va ularning ijro holati yuzasidan yig‘ilganlarga axborot berildi.

 

Shundan so‘ng, uchrashuvning asosiy qismi boshlanib, unda aholi va yoshlar tomonidan turli masalalarda murojaat, fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, mahalla fuqarolari mahallada qarovsiz, daydi itlar ko‘payib, aholi va yoshlarga xavf tug‘dirayotganligini ta’kidlasa, yoshlar bunga aholining o‘zlari aybdor ekanligini, sababi oziq-ovqat chiqindilari belgilangan joylarga emas, shundoqqina ko‘chaga tashlanayotganligi hududda daydi itlar ko‘payishiga sabab bo‘layotganligini bildirishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida aholi tomonidan hududga qatnaydigan yo‘nalishsiz taksi narxlarining asossiz oshganligidan norozi bo‘lishdi. Mazkur murojaatga muvofiq, uchrashuvga hududga xizmat ko‘rsatuvchi “Gulbahor Trans” MChJ mas’ullari taklif qilinib, aholi bilan yuzma-yuz qilindi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mahmud Uzoqov ham ishtirok etib, aholidan tushayotgan asosli e’tirozlarni o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida bugundan tumanda o‘rganish va tegishli idoralar bilan hamkolikda reyd tadbirlari amalga oshirilayotganligini bildirdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan 6 ta, aholi tomonidan 8 ta murojaatlar bildirildi. Ayrim murojaatlar jyoida ijobiy hal etilgan, ayrimlariga huquqiy tushuncha berilgan bo‘lsa, ro‘yxatga olingan murojaatlar ijro qat’iy nazoratga olindi.

Uchrashuv so‘ngida, mahalla nuroniylaridan Xo‘jamqulova Shahodat ona tuman hokimiga mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, xususan, obod mahalla binosi uchun aholi nomidan minnaddorchilik bildiridi.

ShUningdek, tuman hokimi tomonidan mahalla nuroniylaridan biri bo‘lgan Qarshiyev Qo‘nishboy otaga Xorazmning Gujum daraxti yog'ochidan yasalgan hassa sovg‘a qildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM