Bulung‘ur tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, axolining ma’naviyatni, huquqiy ongini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ajrimlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, o‘z joniga qasd va suiqasd kabi salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar rejasiga asosan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarova, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita vakili I.Ravshanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i A.Turaev, xotin-qizlar, yoshlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, Samarqand shahar xotin-qizlar tadbirkorlik markazi va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda o‘z-o‘zini band qilish bo‘yicha seminar hamda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Unda viloyatdagi tadbirkorlik markazlarida yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, turmush sharoitini yaxshilash to‘g‘risida tushunchalar berishdi. Tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdimot qilindi.