Jaxolatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq lozim

Bulung'ur tumani hokimligi majlislar zalida tumandagi diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishga qaratilgan “Jaxolatga qarshi ma’rifaat bilan” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati Boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov, viloyat IIB TQK bohqarmasi ma’sul xodimi F.Mamatkulov, tuman hokimi S.Astonov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullari, maktab direktorlari, mahalla raislari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida din ishlari bo'yicha qo‘mita tomonidan tayyorlangan “Soxta da’volar.....” filmi namoyish qilindi. Ta'kidlash kerakki, filmda tasvirlangan soxta targ‘ibotlarga aldanib, hayoti izdan chiqqan kishilarning achchiq taqdiri ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

Shundan so'ng so'zga chiqqanlar mavzu yuzasidan o'z kasbiy tajribalarini yig'ilganlar bilan o'rtoqlashar ekan, xalqmizda azaldan mavjud bo'lgan "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona" kabi hikmatlar bugun o'z ahamiyatini tobora yo'qotib borayotganligi, bunday vaziyatda soha mas'ullarining mas'uliyati yana oshishi ta'kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM