
Agar siz o‘z loyihangizni kiritishda, fotosur’at yuklashda yoki loyihaning mazmunida xatolikga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz - endi buni to‘g‘irlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Jumladan, tahrirlash orqali Siz:
- loyiha matnini o‘zgartirish;
- loyiha qiymatiga aniqlik kiritish;
- loyihaga qo‘shimcha rasmlar yuklashingiz mumkin bo‘ladi.
Eslatma, loyihalarni tahrirlashga moderatsiya jarayonlari boshlangunga qadar ruhsat beriladi.
Ma’lumot uchun,
Taklif kiritish – 6-fevraldan 25-fevralgacha;
Loyihalarni saralash – 26-fevraldan 17-martga qadar;
Ovoz berish – 18-mart – 6-aprelgacha davom etadi.
Taklif qoldirish uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://openbudget.uz/registration
Jamshid Daniyarov,
Bulung‘ur tumani Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi