Prezident qarori ijrosi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408 sonli qarori qabul qilingan edi. Qarorga ko‘ra Respublika bo‘yicha 5284 ta mahalladagi 6 mingdan ortiq obyektlarda, jumladan Булунғур туманида 29 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar ijrosini nazorat kilish chora-tadbirlari to‘grisida”gi QK-423 sonli qarorida Senat a’zolariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaxar Kengashlari Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchtidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, xar bir obyekt bo‘yicha xalq vakillarning nazorati bo‘lishi lozimligi hamda ma’sullarning qaror ijrosining bajarilishi bo‘yicha deputatlar oldida hisobot berishi kerakligi belgilangan.

Bulung‘ur tumanidagi loyihalar bo‘yicha hozirgi kunda ishlar boshlangan bo‘lib, jarayonlar davom etmoqda. Ushbu jarayonlarni o‘rganish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari mutasaddilar bilan birgalikda tumandagi toza ichimlik suvi og‘ir bo‘lgan hudduda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qarorga muvofiq, Bulung‘ur tumanida:

  • Changal-1 mahallasi, Yuqori Changal qishlog‘ida 1 ta ichimlik suvi inshoati qurib, ishga tushirish va 1,5 km tarmoq tortish;
  • Mirzaariq mahallasi, Mo‘g‘ol qishlog‘iga 1 ta ichimlik suvi inshoati qurib ishga tushirish va 4 km tarmoq tortish;
  • Qo‘ng‘irot mahallasida 2 ta artezian suvi qudug‘ini to‘liq ta’mirlash va 2,5 km tarmoq tortish ishlari olib borililishi begilangan.

Deputatlar tomonidan o‘rganish jarayonida ma’lum bo’lganidek, ushbu obyektlardan ikkitasida tarmoq tortish va qazish ishlari davom etmoqda. Bitta ob’ektda yani Qo‘ng‘irot mahallasida joylashgan obyektda tarmoq tortish ishlari bajarilayotganligi kuzatildi.

Belgilangan loyihalar amalga oshirilishi natijasida 611 ta xonadon toza ichimlk suvi bilan to‘liq ta’minlanishiga erishilishi kutilmoqda.

Deputatlar tomonidan yuqoridagi qaror bo‘yicha barcha qurilish ta’mirlash ishlarni olib borilish va yakunlanishi bo‘yicha doimiy nazorat olib boriladi.

Xalq deputatlari Bulung’ur tuman Kengashi kotibiyati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM