Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi Samandar Astonov raisligida bo‘lib o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, sud raislari, sektor rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova tomonidan 2022-yil davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi raisi J.Fayzullaev tomonidan 2022-yil davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tumani sudi raisi J.Gaybullaev tomonidan 2022-yil davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi axborotlari tinglandi.

Shuningdek, sessiya ishida tumanda 2022-yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolar xafvsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Otamurodovning hisoboti hamda Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida komissiyasi kotibi B.Xasanovning axboroti to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida “Tuman mahalliy budjetining 2023-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘i hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida”gi masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, tuman mahalliy budjetining 2023-yil boshiga saqlangan 3 mlrd. 721 mln. 487 ming 985 so‘m erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan, “Ayollar daftari”ga 558 mln. 223 ming 197 so‘m (15%), “Temir daftari”ga 558 mln. 223 ming 197 so‘m (15%), “Yoshlar daftari”ga 558 mln. 223 ming 197 so‘m (15%), Bulung‘ur tuman Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga 1 mlrd. 116 mln. 446 ming 395 so‘m (30%) mablag‘ ajratilishi tasdiqlandi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM