Bulung‘ur tumanida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tumandagi muhtasham bazmgohlardan birida, bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirga nuroniylar, o‘rta avlod hamda yoshlar vakillari taklif etildi.
Muqaddas Qur’on tilovati hamda elimiz tinchligi uchun duoga qo‘l ochish bilan boshlangan uchrashuv faol yoshlar hamda mahalla raislarining mehnatini e’tirof etib, rag‘batlantirish bilan davom etdi.
Xususan, tadbir davomida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim stipendiyasi” uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar o‘quvchilarning har biriga tuman hokimi Samandar Astonov tomonidan 1 mln. so‘mdan “Hokim stipendiyasi” topshirildi.
Bundan tashqari, joylarda soliq tushumini undirishda yaqindan hamkorlik qilgan Beshqo‘ton, Yangiariq, Yangiqo‘rg‘on, Samarqand, Mingchinor, Gulzor, Kaptarxona, Sarqipchoq, Dehqonobod, Elobod, Esonturdi, Niyozmat kabi 12 ta mahalla raislariga tuman hokimligining tashakkuronoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida nuroniylar va yoshlar bir piyola choy ustida suhbatda bo‘lishdi. Bunda ko‘pni ko‘rgan tajribali nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishib, ilm olish, kasb-hunar egallash, eng muhim jamiyat uchun manfaatli inson bo‘lib voyaga yetish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
Quyida o‘z bilimi bilan “Hokim stipndiyasi”ni qo‘lga kiritgan o‘quvchi yoshlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
1. Tarix - Geografiya yo‘nalishida 2-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Safarova Umida;
2. Tarix – Ona-tili yo‘nalishida 29-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Boltayev Ismoil
3. Matematika – Ingliz-tili yo‘nalishida 44-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Mirzaliyev Shahriyor;
4. Kimyo - Matematika yo‘nalishida 46-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Eshonqulova Lola;
5. Tarix – Ingliz-tili yo‘nalishida 69-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Maxmudov G‘ayratjon;
6. Kimyo - Biologiya yo‘nalishida 60-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Xasanov Ulug‘bek;
7. Biologiya – Ona-tili yo‘nalishida 42-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Yusupova Ruxshona;
8. Ingliz-tili – Ona-tili yo‘nalishida 65-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abloqulova Maftuna;
9. Ona-tili – Ingliz-tili yo‘nalishida 44-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Eshimova Kifoyat;
10. Rus-tili – Ona-tili yo‘nalishida 60-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abdurashidova Maqsuda;
11. Geografiya – Matematika yo‘nalishida 69-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Bo‘riyeva Muxlisa;
12. Matematika – Fizika yo‘nalishida 2-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Aliqulova Feruza;
13. Ona-tili – Matematika yo‘nalishida 44-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Baxriddinova Sarvinoz;
14. Kimyo – Biologiya yo‘nalishida 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Muminov Xojiakbar yuqori ball olganligi hamda faol ishtiroki uchun tuman hokimligining tashakurnomasi bilan taqdirlandi.