Bulung‘urda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish muddati 35 kungacha qisqaradi

Bugungi kunda aholining energetika tizimlariga talabi bir necha barobar ortganligi sir emas. Ayni vaziyatda tabiiy gazga moslashgan xonadonlarda gaz bosimining tushib ketishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan bo‘layotgan aholi murojaatlariga ko‘ra, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov soha ms’ullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Olmazor mahalasidagi na’munali uylarda bo‘lib, fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi.

 

Suhbatlar davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, shu kecha-kunduzda ko‘rilayotgan tezkor choralar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi. Soha mutaxassislari tomonidan hududdagi gaz taqsimlash punktlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bataraf etildi. Shuningdek, mavjud vaziyatdan vaqtinchalik chiqish yo‘li sifatida aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir mahsuloti taklif qilinib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga bepul berildi.

Tuman hokimi, shuningdek, kelgusi haftada tumanning Bo‘dana mahallasi hududida ochilishi kutilayotgan gaz quyish shaxobchasida bo‘lib, tadbirkor bilan suhbatda bo‘ldi va jarayonlarni imkon qadar tezlashtirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Ma’lumot uchun, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali va tadbirkor hamkorligida yo‘lga qo‘yilayotgan loyiha ishga tushirilishi natijasida suyultirilgan maishiy gaz ballonlari to‘liq tumanning o‘zida to‘ldirilib, aholiga tarqatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada transport xarajatlari hamda vaqtdan yutilib, aholiga suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berish muddati 35-40 kungacha qisqarishiga erishiladi.

 

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM