Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi 16 kun!

2022 yil 30 noyabr kuni Bulung‘ur tumani hokimligida Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida “16 kun tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda Viloyat reabilitatsiya markazi raxbari M.Azimova, Viloyat reabilitatsiya markazi bosh mutaxassissi N.Mamatova, tuman Oila va xotin-qizlar bщlimi boshlig‘i N.Mamadiyarova, Tuman IIB boshlig‘ining xotin-qizlar bo‘yicha katta inspektori D.Nurvafoyeva, tuman bosh otinoyisi M.Buranova, tuman “Oqila ayollar” harakati raxbari X.Turdiyeva, oqila ayollar, mahallalardagi faol ayollar hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Seminar davomida:

  • xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
  • xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash mavzularida so‘z yuritilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalarga to'xtalib o'tildi.

 

Loyiha doirasidagi tadbirlar joylarda davom etmoqda.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM